YUSTINIAN KODEKSI

YUSTINIAN KODEKSI — Vizantiya huquqining bir qismi. Imperator Adrian (2-asr) dan boshlab Yustinianning o’zi bilan tugaydigan davrda nashr qilingan imperatorlar farmoyishlari (konstitutsiyalari) ning 4652 parchasini o’z ichiga oladi. 12 kitobdan iborat bo’lib, cherkov huquqi va davlat mulozimlarining majburiyatlari (1-kitob); xususiy huquq — mulkiy va boshqalar munosabatlar (2—8 kitoblar); jinoiy huquq (9 kitob); ma’muriy va moliyaviy huquq (10-12-kitoblar) ni bayon qilib bergan.