YUSUPOV ABDUAZIZ YUSUPOVICH

YUSUPOV ABDUAZIZ YUSUPOVICH (1927. 17.10, Samarqand) — oftalmolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1990). Tibbiyot fanlari Doktori (1967), professor (1967). Samti ning davolash fakultetini tugatgach (1949), ko’z kasalliklari kafedrasida aspirant (1949-52), assistent (1953-58), dotsent (1958-68), o’quv ishlari bo’yicha prorektor (1969— 74), ko’z kasalliklari kafedrasi mudiri (1974 yildan), shu kafedrada professor (1996 yildan). Asosiy ilmiy ishlari traxomasan keyin qovoqda bo’ladigan asoratlarni jarrohlik usulida davolash, glaukoma va o’lkaga xos ko’z kasalliklarini o’rganishga oid. U ilk bor uzoqni yaxshi ko’ra olmaslik kasalligini davolashda ko’zning shox pardasi va oqsil pardasida operasiya o’tkazish usulini amaliyotga joriy etgan.