YUZLASHTIRISH
YUZLASHTIRISH — tergov harakati; bunda ilgari so’roq qilingan ikki shaxs, basharti ularning aynan bir xil fakt va holatlarga nisbatan bergan ko’rsatuvlarida jiddiy qarama-qarshiliklar bo’lsa, bir vaqtning o’zida bir-birining ishtirokida ko’rsatuvlar beradi. Yuzlashtirishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh so’roq qilinishi mumkin. Yuzlashtirish uchun asoslar, uni o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasining JPKda ko’rsatib o’tilgan (122— 124-moddalar).