ZAG’IZG’ON

ZAG’IZG’ON, hakka (Pica pica) — chumchuqsimonlar turkumining qarg’asimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uzunligi 45-48 santimetr. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Shimoliy-G’arbiy Afrika, O’rta Osiyo, Qozog’iston, Janubiy va G’arbiy Sibirda tarqalgan. Zag’izg’on bog’lar, to’qay va tog’lardagi o’rmonlarda yashaydi. Tundra, Sharqiy Sibirning ayrim hududlari va cho’llarda uchramaydi. Zag’izg’on qishda ko’chib yuruvchi qush. Daraxtlar shoxiga va butalarga yirik yopiq uya soladi. Martmay oylarida 5-7, ba’zan 8-9 ta tuxum qo’yadi. Tuxumdan 18-19 kunda jo’ja chiqadi. Zag’izg’on mayda kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanadi; ba’zan poliz ekinlari (tarvuz, qovun) va mevalarni ham cho’qiydi.