ZAHHOKI MORON

ZAHHOKI MORON — Qarshi temir yo’l stantsiyasi yaqinida joylashgan qadimgi qal’a-shahar xarobasi. Afsonaviy shoh Zahhok nomiga qo’yilgan bu qal’a-shahar xarobasining balandligi 15 metr, maydoni 16 gektardan ortiq. Arxeologik qazishlar Zahhoki Moron miloddan avvalgi 1 asrlarda ham mavjud bo’lganligini isbotlaydi. Milodning 5—6 asrlarida yirikligi jihatidan Yerqo’rg’onlan keyin ikkinchi o’rinda turgan. 9—10 asrlarga oid sopol idishlar topilishi vayron bo’lgan Zahhoki Moronning bir qismi o’rta asrlarda xam ma’lum darajada rivoj topib, madaniy jihatdan yuksalganini ko’rsatadi.