ZAKARIYO
ZAKARIYO — Qur’onda tilga olingan payg’ambarlardan biri, Yahyonint otasi. Qur’onda 8 joyda zikr qilingan, uning nasabi haqida biron narsa deyilmagan. Qur’onda aytilishicha, Maryamni tarbiyalayotgan Zakariyo g’oyibdan qizga har kun turli taomu sharbatlar, yangi mevalar in’om etilayotganini ko’radi. Bu Allohning marhamati ekanligini, uning har narsaga qodirligini biladi va qarib, zaif bo’lib qolgani, befarzandlik dog’i kuydirayotganini arz etib iltijo bilan Alloxdan farzand so’raydi. Alloh maloikalarni yuborib, unga farzand ato etishligi bashoratini beradi. Farishtalar unga nido qildilar: «(ey, Zakariyo), Alloh senga Allohning so’zini tasdiq etadigan, (o’z qavmiga) Xoja bo’ladigan, (shahvatlardan o’zini) tiyadigan va soliq payg’ambarlardan bo’ladigan Yaxyo ismli farzand xushxabarini berur» (3:39). Shunda Zakariyo, menga keksalik etgan, xotinim tug’mas bo’lsa, mendan qanday farzand bo’lsin, dedi. Zakariyoga belgi berildi: uch kungacha Zakariyoning tili Allohning zikridan o’zga so’zga aylanmay qoldi. Odamlarga esa faqat imo-ishora bilan muomala qildi. Bu Zakariyoning xotini homilador bo’lganidan darak edi. Rivoyatda aytilishicha, Zakariyo shaytonning sotqinligi tufayli shaxid bo’lgan.