ZAKARPATE UKRAINASI
ZAKARPATE UKRAINASI — Ukrainadagi hozirgi Zakarpate viloyatining hududi. 10—11asrlarda Kiyev Rusi tarkibida. Qadimgi aholisi — slavyanlar. 11-asrda Vengriya tomonidan bosib olingan, so’ngra Avstriya va Avstriya-Vengriya, 1919 yildan esa Chexoslovakiya tarkibida; 1938 yil Vengriya tomonidan ishg’ol qilingan. 1944 yil qizil qo’shinlar tomonidan ozod qilingan, 1945 yildan Ukraina tarkibida.