ZAMCHA
ZAMCHA — qovunning ertapishar navi. Xalq selektsiyasida yaratilgan. Zamchaning sariq Zamcha va ola Zamcha turlari bor. Sariq Zamcha (M. chandalak) ertapishar nav. Zamcha qovun navi. 1-2 — sopol idishlar; 3 — kurakcha; 4 — ayol ma’buda tanasi. Shakli sal yassi, xdr xil kattalikda. Eng kattasining diametri 15-18 santimetr. Og’irligi 0,8—2 kilogramm. Sirti sal tilim-tilim, dum va uch tomoni to’r bilan qoplangan. Tilimlarni ajratadigan yo’llari mavjud. Po’sti yumshoq, eti qalin (4-4,5 santimetr), xushbo’y, tig’iz, o’rtacha shirin, rangi oq yoki och yashil. Tarkibida 6-7,5% qand, 4-6% saxaroza, 8,5—10% quruq modda bor. Urug’i yirik, uzunchoq, oq. Urug’idan unib chiqqandan keyin hosili 65-70 kunda pishadi. Asosan, Xorazm viloyati va Qoraqalpog’istonda ekiladi. Uzoq joylarga yuborishga chidamaydi.