ZAMYATIN YEVGENIY IVANOVICH
ZAMYATIN YEVGENIY IVANOVICH [1884.20.1 (1.2), Tambov gubernyasi (hozirgi Lipeskiy viloyati) Lebedyani shahri — 1937.10.3, Parij] — rus yozuvchisi. Peterburgdagi Politexnika institutining kemasozlik bo’limini tamomlagan (1908). Zamyatin adabiy faoliyatini erta boshlagan bo’lsada, «Uezdnoy» (1913) qissasi chop etilgandan keyin haqiqiy yozuvchi sifatida tanildi. «Ajdar», «Fop», «Iks», «Gunohkorlar hamrohi», «Mamay» va boshqa asarlarida 1917 yil oktyabr davlat to’ntarishidan keyingi shafqatsiz hayotni ayovsiz fosh etadi. «Biz» fantastik romanida (1924) «Inqilob beshigi»da ro’y berayotgan zo’rovonlik, xo’rlik, huquqsizlik mahorat bilan ko’rsatib berilgan. Shu bois bu romani chet elda (1931) bosilib chikali. Zamyatin 20-yillarning oxirlarida «Attila» nomli tarixiy tragediya yozadi. Unda gunnlarkshnt podshohi Attilaning shoh va inson sifatidagi fojiasi bayon qilingan. Bu asarni yozish jarayonida to’plagan tarixiy hujjatlar asosida «Tangri qamchisi» romanini yaratadi. Roman o’zbek tiliga tarjima qilingan (1998).