ZANG ZAMBURUG’LARI

ZANG ZAMBURUG’LARI (Uredinales) — bazidiyali zamburug’larning bir turkumi. 4500 turi bor. Ko’pgina o’simliklarda parazitlik qilib, zang kasalligini qo’zg’atadi. O’simliklarda zang tusli, qo’ng’ir, qora dog’ yoki chiziq-chiziq yo’llar paydo bo’ladi. Zang zamburug’lari nomi ham shundan olingan. O’zbekistonda donli o’simliklarda chiziqsimon Zang zamburug’lari ko’p uchraydi. Kurash choralari: urug’lik donni kasallik tarqalmagan dalalardan yig’ish, dorilash va kuzgi dala ishlarini sifatli o’tkazish.