ZANJABIL

ZANJABIL (Zingiber officinale) bir pallalilar sinfiga, zanjabildoshlar oilasiga mansub, yo’g’on ildizpoyali ko’p yillik o’t o’simlik. Asosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. Janub va Janubiy Sharqiy Osiyoda o’stiriladi. Zanjabil yer osti tanasining hamma qismida efir moyi bor. Qurigan ildizi xushbo’y hidli va mazali bo’lib, efir moyiga boy. Maydalanmagan Zanjabilning xushbo’y hidi maydalanganiga nisbatan uzoq saqlanadi. To’yib elaki qilingan talqoni tabobatda jigar, yurak, me’da xastaligini davolashda ishlatiladi (asal bilan birga choynakka damlab ichiladi). Oziq-ovqat sanoatida konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda va pazandachilikda ba’zi ovqatlarga (pishish oldidan) maydalangan holda ziravor sifatida ishlatiladi.