ZAPASHCHIKOVA LILIYA IVANOVNA

ZAPASHCHIKOVA LILIYA IVANOVNA (1938.28.3, Qo’qon) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). ToshDUning Filologiya fakultetini tugatgan (1960). 1960 yildan Qo’qon shahridagi 4-maktabda guruh, so’ng boshlang’ich sinf o’qituvchisi, 1966 yildan Toshkentdagi to’qimachilar madaniyat saroyida kutubxonachi, bolalar sektori pedagogi, 1974-97 yillarda Yakkasaroy tumanidagi 89-maktab rus tili va adabiyoti o’qituvchisi. Zapashchikova darslarni yuqori uslubiy darajada o’tgan va noan’anaviy dars usullari (munozara, seminar, adabiy bahs, adabiy matnni badiiy tahlil qilish, mustaqil fikrlash) dan unumli foydalangan.