ZAQQUM

ZAQQUM, Anchar (Antiaris) — tutdoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Bir uyli daraxt yoki butalardan iborat. Guli mayda, ko’rimsiz, changchilari kallaksimon to’pgul, urug’chisi shoxlarda bittadan joylashgan. Osiyo, Afrika tropiklarida va Madagaskar orolida 5-6 turi bor. Osiyoning tropiklarida o’sadigan A. toxicaria degan yirik daraxt Zaqqumning bir turi bo’lib, zaharli sut shirasi tarkibida antiarin va antiozidin glikozidi bor. Zaqqumning shirasi zaharli bo’lganidan mahalliy xalq kamalak o’qlarini zaharlashda qadimdan foydalanib keladi.