ZAR SUVI
ZAR SUVI — kontsentrlangan nitrat kislota (HNO3) bilan xlorid kislota (NS1) aralashmasi, 1 hajm nitrat kislotaga 3 hajm xlorid kislota qo’shib tayyorlanadi. Kuchli oksidlovchi. Bu aralashma oltin va platinani hamda kislotalarda erimaydigan ba’zi metallarni eritadi («Zar suvi»degan nom shundan kelib chiqqan).