ZARANG

ZARANG (Acer L.) — zarangdoshlar oilasining bir turkumi. Bargi qarama-qarshi joylashgan, tekis qirrali, patsimon murakkab; guli shingil, sarg’ish-ko’kimtir, aktinomorf. Mevasi quruq, qo’shqanotli, ikki urug’li, Yevropa, Osiyo, shimoliy Afrika, Shimol va Zarang: 1— to’pguli; 2—mevasi; 3—bargi. Markaziy Amerika va boshqa yerlarda 120 ga yaqin turi bor. O’zbekistonda 14 turi o’sadi, shundan 9 turi park va xiyobonlarda manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. Ikkita yovvoyi turi — A. turkestanicum Pax va A. semenovii Rgl. Et Herd O’zbekistonda keng tarqalgan bo’lib, tog’larda 2000 metrgacha balandlikda ham o’sadi. Zarang cho’l va adirlarni ko’kalamzorlashtirish maqsadida ko’plab ekiladi. Yog’ochi duradgorlikda ishlatiladi.