ZARARLAR
ZARARLAR — fuqarolik huquqida qonunga xilof harakatlar tufayli bir shaxs (yuridik yoki jismoniy) tomonidan ikkinchi shaxsga (yuridik yoki jismoniy) yetkazilgan ziyonning pulda ifodalangan shakli. Zararlar mahsulot, ish, xizmatlami sotishdan, tabiiy ofatlar, debitorlik qarzlarni talab qilib olmasdan voz kechishdan, to’liq amortizatsiya qilinmagan asosiy fondlarga barham berishdan va boshqalardan vujudga kelishi mumkin. Mahsulot, ish va xizmatlarning bahosi ularning to’liq tannarxi dan past bo’lganda ham zararlar paydo bo’ladi.