ZARBDOR

ZARBDOR — Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shaharcha (1992 yildan), Zarbdor tumanining markazi. Tumanning Janubda joylashgan. Temir yo’l stantsiyasi. Viloyat markazi — Jizzax shahridan 30 kilometr Sharqda. Aholisi 9 ming kishi (2001). Zarbdorda tuman hokimiyati binosi, un kombinati, paxta tozalash zavodi, avtokorxonalar, dehqon bozori, maishiy xizmat va savdo shoxobchalari, madaniyat saroyi, klublar, 2 umumiy ta’lim maktabi, kasb-hunar litseyi, stadion va boshqalar bor. Shaharcha muhim avtotransport yo’llari yoqasida joylashgan. Viloyat markazi va boshqa aholi punktlari b-n avtomobil yo’li orqali bog’langan.