ZARDEVOR

ZARDEVOR — kashta tikib bezatiladigan badiiy buyum; uy bezagi. Eni 40— 70 santim, uzunligi uy devorini qamrab oladigan qilinadi. Uy devorining yuqori qismiga shiftga taqab gir aylantirib qoqiladi. Baxmal, sidirg’a shoyi, satinga yo’rma, bosma, ilma choklarda rangbarang ipaklar, zar ip zardevor bilan qo’lda kashta tikib, gajim tutib bezatiladi. Bezak mujassamotini o’simliksimon naqshlar tashkil qiladi: gul, shoxchalardan tuzilgan bir maromda takrorlanuvchi mehroblar qatori hoshiya naqsh bilan o’ralgan. Qizlarning sepiga kirgan Zardevorni qadimdan xonadonlarda xotin-qizlar tayyorlagan, hozir badiiy buyumlar fkalarida (masalan, Toshkent, Andijon va boshqalarda popop mashinalarida ham kashta tikib) ishlab chiqariladi. 19 asr o’rtalari 20 asr boshlarida Samarqand, Toshkent, Surxondaryo va boshqa joylarda tayyorlangan Zardevorlardan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.