ZARGARTEPA

ZARGARTEPA — arxeologik yodgorlik, qasr xarobasi (7-10 asrlar) Samarqand shahrining Sharqiy qismida, Sattepa mavzesida. 1936 yil O’zbekiston davlat tarix muzeyi ekspedisiyasi topib o’rgangan, 1986-87 yillarda esa Arxeologiya intining Samarqand otryadi u yerda qazish ishlari olib borgan. Zargartepa eni 10 metr, balandligi 9 metr keladigan tepalikdan iborat bo’lib, u qazib ochilganda paxsa supa, shatranj xonalari tartibida besh qator qilib o’rnatilgan ehromsimon ustunlar bo’laklari, paxsa va xom g’ishtdan qurilgan devor qoldiqlari, sopol idish siniqlari, tangalar (7-8 va 10 asrlar) topilgan.