ZARGARTOG’

ZARGARTOG’ (Hayotboshi tog’i) — Shimoliy Nurota tizmasidagi tog’. Samarqand va Jizzax viloyatlari chegarasida joylashgan. Uzunligi 15 kilometr. Markaziy qismining balandligi 2000 metrdan ziyod. Eng baland joyi — 2169 metr. Zargartog’ — Nurota tizmasining eng baland qismi. Yalang’och qoyalardan iborat tog’massivi karbonning granit va granodioritlaridan tuzilgan. Eroziya shakllari keng rivojlangan, soylar chuqur (400-700 metr) daralar qosil qilgan. Zargartog’da gumusga boy jigarrang tuproqlar tarqalgan, ularda boshokli o’tlar, tog’kserofitlari va barg to’quvchi butalar o’sadi.