ZARIFOV HAKIM

ZARIFOV HAKIM (1924.17.9, Toshkent) — o’g’li. O’zbekiston xalq artisti (1964). Toshkent davlat konservatoriyasini tugatgan (1946). Tsirkda ishlab turib 1946-47 yillar Toshsovet musiqali drama teatrida dirijyorlik qilgan. Zarifov Hakim oila ijodiy an’anasini rivojlantirgan va professionallik darajasini yuksaltirgan, o’zbek tsirkining jahonshumul dovrug’ini mustahkamlagan ijodkorlardan. Otasi yaratgan tsirk chavandozligi maktabining davomchisi va rahbari. O’g’il-qizlari va nabiralarini ham shu yo’lda tarbiyaladi. O’z faoliyati davomida o’zbek tsirk chavandozligini o’ta qaltis va murakkab hatti-harakatlar, go’zal tus va musiqiy jilolar bilan boyitdi. Bu jilolarda epchillik, ishonch, shijoat, zavqu-shavq uyg’unlashib ketgan. O’zbek tsirki chavandozligi maktabining hozirgi murabbiysi sifatida farzandlari, shogirdlari bilan mazkur tsirk san’ati maktabi istiqbolini ta’minlagan.