ZARRA-ANTIZARRA JUFTI

ZARRA-ANTIZARRA JUFTI — zarralar bilan antizarralarning bir vaqtda birgalikda (juft holda) hosil bo’lishi. Bu jarayon energiya, impuls va boshqa kattaliklarning saqlanish qonunlariga bo’ysunadi. Zarra-antizarra jufti xreil bo’lishi yadro bilan to’qnashuvchi zarra energiyasiga va jarayonda ishtirok etuvchi boshqa zarralarning xossalariga bog’liq. Elementar zarralarning emirilishi, ularning o’zaro yoki yadrolar bilan to’qnashuvi natijasida turli Zarra-antizarra jufti hosil bo’ladi. Masalan, proton (r) b-n proton (r) to’qnashuvi natijasida proton (r) va antiproton (u/), foton (u) b-n proton O) to’qnashuvi natijasida musbat myuon (ts+) hosil bo’ladi va hokazolar. Yemirilish natijasida neytral kaon (Amezonedan musbat pion (musbat kmezon, D+) va manfiy pion (manfiy tsmezon, l»), neytral pion (7s°) dan elektron (v») va pozitron (e+) hosil bo’ladi va hokazolar. Odatda, Zarra-antizarra jufti hosil bo’lishi deganda fotondan elektron va pozitronning u> (eg + e+) vujudga kelishi tushuniladi. Biror zaryadli zarra (masalan, atom yadrosi) maydonidagi foton elektronpozitron juftligini hosil qiladi. Zarra-antizarra jufti hosil bo’lishi va annigilyatsiya hodisalari materiyaning bir shakldan boshqa shaklga (modda shaklidan maydon shakliga) va aksincha o’tishini isbotlashga dalil bo’ladi.