ZAYNIDDIN JURJONIY

ZAYNIDDIN JURJONIY, Abu Ibrohim ibn Hasan ibn Muhammad ibn Mahmud ibn Ahmad al-Husayniy (? — 1137) — tib olimi, Xorazmning Jurjon shahrida tug’ilgan. Dastlab u Otsiz Xorazmshohning shaxsiy tabibi bo’lgan, so’ng Marvga ketib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Arab, fors tillarida ijod qilgan. Olim tibga oid «Al-a’roz at-tibbiyya» («Kasalliklar belgilari») asarini Otsiz Xorazmshohning vaziri, olim Majiduddin Abu-Muhammad iltimosiga ko’ra yozgan. U «Zaxirayi Xorazmshohiy» («Xorazmshoh xazinasi»), «Ta’liq Shayx ir-rais» [«Olimlar olimi (Ibn Sino) sharhi»], «Zubdat uttibb» («Tib ilmining asosiy mag’zi») kabi asarlar muallifidir.