ZAYONCHKOVSKIY
ZAYONCHKOVSKIY (Zajaczkowski) Ananiash (1903.12.11, Vilnyus — 1970.6.4, Rim) — polyak sharqshunosi. Polsha Fanlar Akademiyasi akademigi (1952). Krakov universitetining Sharq fakultetida o’qigan (1925— 29). Varshava universiteti professor (1935). Polsha Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori (1953— 68). Zayonchkovskiy turkiy xalqlarning tili, tarixi, madaniyatiga oid ko’pgina asarlar muallifi. Mamluklar davlati, Xazar xoqonligi, Oltin O’rdaning etnik tarkibiga bag’ishlangan tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. U turkiy xalqlarning tarqalish yo’llarini, Usmonli turklar adabiy yodgorliklari va paleografiyasini o’rgangan.