ZELENOGRAD
ZELENOGRAD — Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatidagi shahar (1963 yildan). Moskva ma’muriy okrugi markazi. Kryukovo temir yo’l stantsiyasi yaqinida joylashgan. Aholisi 187,4 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Elektron texnika instituti, Zelenograd yaqinida (Mendeleevo shaharchasida) Fizikatexnika va radiotexnika o’lchovlari instituti bor.