ZENIT MASOFASI

ZENIT MASOFASI — osmon yoritqichi yoki yerdagi buyumning Zenitdan burchak uzunligi; yoritqichning osmon gumbazidagi koordinatalaridan biri; yoritqich va Zenit orasidagi yoy uzunligiga teng. h bilan belgilanadi. Osmon gumbazining Zenit, osmon yoritqichi va nadir orqali o’tadigan katta yarim doirasi bo’yicha 0 dan 180° gacha hisoblanadi. Balandlik h bilan z=90° — h nisbatda bog’langan.