ZIG’IRAK

ZIG’IRAK (Salvia deserta) — yalpizdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Bo’yi 60-80 santimetr. Bargi nashtarsimon. Guli qisqa bandchalarda 2-3 tadan joylashgan. Gultojbarglari binafsha rangli, uzunligi 11-12 millimetr. Mevasi yumaloquchburchak, qora. May—avgustda gullab, iyun—sentabrda urug’laydi. Toshkent, Farg’ona, Surxondaryo viloyatlarining bog’larida, tog’yon bag’irlarida, vohalarida ko’p tarqalgan. Yuqori sifatli qimmatbaho efir moyi olish uchun ekiladi.

ZIG’IRAK — zargarlikdaa bezak yaratish usuli. Isirg’a (jumladan qashqarboldoq) panjarasi oralig’iga, uzuk va boshqalarda bezak hosil qilib o’rnatiladigan tilla yoki kumushdan ishlangan mayda dumaloq donachalar.