Zikkurat

Zikkurat (bobilcha sigguratu-cho’qqi so’zidan)-Shumer, Ossuriya, Bobil va Elam me’morchiligi uchun xos. Shumerliklar o’z ilohlari uchligi-havo xudosi Enlil, suv xudosi Enki va osmon xudosi Anu sharafiga uch zinali qilib qurganlar. Bobilda Zikkuratlar yetti zinali bo’lgan. Keyinroq Zikkurat nafaqat ibodatxona, balki ma’muriy markaz rolini ham bajargan, unda ma’muriyat va arxiv joylashgandi. Zikkuratlar Iroqda (Borsippa, Bobil, Dur-Sharrukina kabi qadimgi shaharlarda, barchasi miloddan avvalgi 1-mingyillik), Eronda (Chaqa-Zanbil manzilgohi, miloddan avvalgi 2-mingyillik) saqlanib qolgan.