ZIYATOV PARDA

ZIYATOV PARDA (1947.14.1, Jizzax tumani) — O’zbekiston qahramoni (1998). Samarqand mevasabzavot texnikumini tugatgan (1967). Mehnat faoliyatini 1958 yilda Jizzax tumanidagi «Moskva» (hozirgi H. Nosirov nomli) jamoa xo’jaligida kolxozchi bo’lib boshlagan. 1972 yildan shu xo’jalikda paxtachilik brigadasi boshlig’i. Ziyatov rahbarlik qilgan brigada dehqonchilikda ilgor texnologiyalarni qo’llagan holda uzoq yillar davomida paxtadan mo’l hosil yetishtirib, yuqori ko’rsatkichlarga erishdi (1998 yilda 38 gektar mmdondan 43,5 ts/ga hosil olindi). Ziyatov paxtachilik ilmini o’z tajrabalari bilan boyitib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati (1990-94).