ZLATOUST

ZLATOUST — Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk viloyatidagi shahar (1865 yildan). Ai daryosi sohilida. Janubiy Uralda. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 205,5 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Zlatoust mexanika-temir zavodi qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Qora metallurgiya va mashinasozlik korxonalari, soatsozlik zavodi bor. 19-asr boshidan metall o’ymakorligi rivojlangan. Teatr, o’lkashunoslik muzeyi bor. Zlatoustga 1754 yil asos solingan. O’sha davrdan Zlatoust o’zining mashxur po’lat qilichlari bilan nom qozongan.