ZOG’NUL
ZOG’NUL (fors, zog’ — qarg’a va nul — tumshuq) — qadimgi urush quroli. Har xil metalldan yasalgan; zo’g’atasi qarg’a boshiga, uchi qarg’a tumshug’iga o’xshash, dastasi yog’ochdan bo’lgan. Hindistonda, ayniqsa, Bobiriylar hukmronligi davrlarida ko’proq ishlatilgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Zog’nuldan dehqonchiliqda ham foydalanilgan. Ba’zan uni cho’kich deb ham yuritishgan.