ZOG’ORA
ZOG’ORA, zog’ora non — makkajo’xori, oqjo’xori, qo’qonjo’xori, tariq, qo’noq unidan yopiladigan non. Elangan unga xamirturush bilan tuz qo’shib, oshqovoqning selida xamir qoriladi. Buning uchun oshqovoqni qirib, seli olinadi. Xamir qorib bo’lingach, qovoq turpi mushtlab yedirib yuboriladi. Xamir oshgach, 200-250 grammli zuvalalar yasaladi, urvoq uchun bug’doy uni ishlatiladi. Har bir zuvala yassilanib, non yasaladi (ba’zan o’rtasini ko’rsatkich barmoq bilan bir marta chekiladi). Zog’ora larning yuziga dasturxon yopib, 10— 15 min. tindirgach, qizigan tandirga yopib pishiriladi. Xalq tabobatida qand diabeti, qon bosimi, jigar va o’t pufagi kasalliklarida parhez sifatida tavsiya etiladi.