ZOHIRSHOH MUHAMMAD

ZOHIRSHOH MUHAMMAD (191* 15.10, Kobul) — Afg’oniston shohi (1933.8.11 — 1973.24.8). Muhammad Nodirshohning o’g’li. Frantsiyada tahsil olgan (1924— 30). Afg’onistonga qaytgan va harbiy ofitserlar bilim yurtini tugatgan (1931). 1932-33 yillarda milliy mudofaa vaziri o’rinbosari, 1933 yilda maorif vaziri vazifasini bajaruvchi. 1933 yil 8 noyabrda otasining o’limidan keyin taxtga o’tirgan. Shoxlik davrida mamlakat mustaqilligini mustahkamlash va betaraflik siyosatini olib borgan, harbiy bloklarga qo’shilmaslikka harakat qilgan. Milliy iqtisod, madaniyat va maorifning rivojlanishiga ko’p hissa qo’shgan. Zohirshoh xorijda davolanayotganda jiyani Muhammad Dovud hokimiyatni qo’lga oldi va unga tazyiq ko’rsatdi. 1973 yil 17 iyulda monarxiya tugatilib, Afg’oniston respublika deb e’lon qilingach, 24 avgustda taxtdan voz kechgan. Oilasi bilan Rim yaqinidagi shaharchada yashagan. Mamlakatda toliblar hukmronligi barham topgach, Hamid Karzay boshchiligidagi Afg’oniston muvaqqat hukumati taklifiga ko’ra Afg’onistonga qaytib kelgan (2002 yil 18 aprel).