ZOLOTNIK

ZOLOTNIK (ruscha) — 1) qadimgi rus og’irlik o’lchovi; 1 zolotnik = 1/96 funt = 4,266 gramm; 2) bug’ mashinalari va turbinalari, pnevmatik mexanizmlar, gidroavtomatika tizimlari va rostlovchi qurilmalarda bug’, suyuqlik yoki gaz oqimini taqsimlab beradigan qo’zg’aluvchan klapan. Zolotnikning qutisimon, tsilindrik va burilma turlari bor. Qutisimon Zolotnik tunkarilgan qutidan iborat. U tortqi 2 vositasida Zolotnik sirti 3 buylab chap yoki o’ngga harakatlanib, tuynuk 4 va 5 ni ochadi yoki yopadi. Zolotnikning holatiga qarab, tuynuk Zolotnikning ish suyuqligi yoki gazli qismi 6 yoki bo’shliq 7 bilan tutashadi. Tsilindrik Zolotnikning ishi qutisimon Zolotniknikiga o’xshash u ikkita porshen va 2, shtok 3 va tuynukli vtulka 4 dan iborat. Burilma Zolotnik qavariq qism /, vtulka 2 (ikkita 3 va 4 tuynukli), qo’zg’almas o’q 5 dan iborat. Zolotnik o’q atrofida aylanganda tuynuklar, kameralar 6 yoki 7 bilan tutashadi, ish suyuqligi yoki gaz oqimi kerakli tomonga yo’naladi.