ZOOPSIXOLOGIYA

ZOOPSIXOLOGIYA, hayvonlar psixologiyasi — psixologiyaning hayvonlar psixikasi, uning namoyon bo’lishi hamda ontogenez va filogenezdagi taraqqiyotini o’rganadigan bo’limi. Zoopsixologiya dalillaridan bir qancha fanlar, jumladan, bionika va biokibernetikada foydalaniladi. Zoopsixologiya solishtirma psixologiya va etologiyat yaqin turadi. Zoopsixologiya ekologiya, neyrofiziologiya, sezgi organlari fiziologiyasi va boshqa sohalar bilan uzviy bog’langan. Zoopsixologiya 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida mustaqil fan sifatida shakllangan. Zoopsixologiya tarixida 2 qarama-qarshi yo’nalish bo’lgan. Mexanik yo’nalish bo’yicha hayvonlar avtomat mashinaga o’xshatiladi (R. Dekart, J. Lyob va boshqalar). Antropomorfik yo’nalish bo’yicha inson psixikasi bilan hayvon psixikasi o’rtasidagi farq inkor etiladi (J.L. Byuffon, J.B. Lamark, Ch. Darvin va boshqalar). Zoopsixologiyada evolyutsion yo’nalishning boshlanishi rus olimlari K. F. Rule va V. A. Vagner ishlari bilan bog’liq. Zoopsixologiyaning fan sifatida rivojlanishida I. P. Pavlovnchng oliy nerv faoliyashi to’g’risidagi ta’limoti muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ta’limot inson psixikasi hatto eng yuksak tuzilgan hayvon psixikasidan sifat jihatdan keskin farq qilishini ko’rsatadai. Bu farq insonning ijtimoiy hayoti, ishlab chiqarish faoliyati va nutqi bilan bog’liq.