ZUBTURUM

ZUBTURUM (Plantago) — Zubturumdoshlar oilasiga mansub 1-2 va ko’p yillik o’tlar turkumi. 260 tacha turi ma’lum. O’zbekistonda 6 turi uchraydi. 4 turidan dorivor o’simlik sifatida foydalaniladi. Barglari ildiz bo’g’zida to’p bo’lib joylashgan, bandli, keng tuxumsimon yoki keng ellipssimon, nashtarsimon va tasmasimon. Gullari poya va shoxlari uchida oddiy boshoq hosil qiladi. Mevasi ikki yoki ko’p urug’li. Bargi va urug’i tarkibida S va K vitamin, karotin, shilimshiq oshlovchi va boshqa moddalar bor. Bargidan tayyorlangan damlama me’da-ichak kasalliklarini, yaralarni davolashda, urug’ining shilimshiq eritmasi esa kuchsiz surgi sifatida ishlatiladi.