ZUDMUROD MASJIDI

ZUDMUROD MASJIDI — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (19- asr). Xo’ja Zudmurod qabristonida, 3 tomoni ayvonli xonaqoh va minoradan iborat. Uchala tomonning har birida 2 tadan eshik bor. Ana shu 6 eshikdan ayvonlar orqali xonaqohga kiriladi. Xonaqoh 4 (yog’och) ustunli. G’arbiy devor o’rtasida mexrob bor. Ayvonning Sharq va Janub qismida ustunlar bir qatorli, shim. da ikki qatorli qilib joylashgan. Ularning turli davrlarda qurilganligi bezagida ham ko’zga tashlanadi. Shimol ayvonda Xushkomilboy mablag’iga qurilgani (1896) haqida ma’lumot saqlangan. Zudmurod masjidi qurilishida ustalardan: Najjor (Muxtor va Abdurauf), naqqosh (Mahmud, Naim, Sharif), gilkor (Sa’dulla va Kamol) lar qatnashgan.