Zulqarnayn
Zulqarnayn (arabcha-ikki shohli)-musulmonlar orasida tarqalgan qadimgi rivoyatlarga ko’ra, dunyoning Chin (Xitoy)ga qadar yerlarini zabt etib, u yerda ya’juj va ma’juj yo’liga ulkan to’siq qurgan podshoh. Ayni vaqda, ham Sharq, ham G’arb hukmdori ekanligi yoki tojining ikki cheti shohsimon bo’lganidan shunday deb atalgan deb taxmin qilinadi. Ba’zi islom tadqiqotchilari (masalan, Ibn al-Asir) Qur’onda zikr qilingan Zulqarnaynni makedoniyalik Aleksandrning o’zi deb, ba’zilari Ibrohimdan ilgari yashab o’tgan butunlay boshqa bir shaxs deb talqin etishadi.