ZULUK SOLISH

ZULUK SOLISH — davolash choralaridan biri. Ayniqsa Sharq tabobatida keng qo’llanilgan. Jag’li zuluklarga tibbiyot zulugi solinadi. U chuchuk suv xavzalarida yashaydi, shuningdek, laboratoriyada urchitiladi. Tibbiyot zulugining bo’yi 8-12 santimetr, vazni 2 gramm, yashil rangli, orqasida uzunasiga ketgan zarg’aldoq yo’llari, og’zida tishchali uchta jag’i va so’lak bezlari bor. Zuluk terini tishlari bilan teshib, so’lak bezlaridan girudin degan modda chiqaradi, bu modda qonning ivishiga to’skinlik qiladi. Och zuluk 30-60 minutda 10— 15 ml qon so’ra oladi. Har bir zuluk ozgina qon so’radi, shuning uchun zuluk qon so’rib tushgandan keyin jarohat picha qonab turgani ma’quya. So’nfa jarohat va uning atrofiga steril material yopiladi. Gipertoniya kasalligining ba’zi shakllari, tromboflebit, miokard infarkta, stenokardiya, nevrit, radikulit, chipqon chiqqanda va boshqa kasalliklarda vrach zuluk solishni buyuradi. Zuluk chakkaga (yaxshisi quloq suprasining orqasiga), bo’yinning ensa ostidagi qismiga, yurak va jigar ustidagi teriga va boshqa a’zolarga solinadi.