ARGISHTIXINILI
ARGISHTIXINILI – Urartu podshosi Argishti I davrida (miloddan avvalgi 776 yil) qurilgan shahar-qal’a. Topilgan urart mixxat yozuvlaridan ma’lum bo’lishicha, Ararat vodiysini zabt etgan urartlar qal’a, saroy va ibodatxonalar bunyod etib, atrofini bog’-rog’, tokzorlarga aylantirganlar. Miloddan avvalgi 4-asrda Argishtixinili o’rnida qadimgi Armaniston poytaxti — Armavir shahri qurilgan.