ARJANIX IVAN SEMYONOVICH
ARJANIX IVAN SEMYONOVICH (1914.24.2, Kiyev — 1980.20.3, Toshkent) — matematik va mexanik olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1960), professor (1957). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1964). O’rta Osiyo universitetida o’qigan (1931 — 34), Leningrad universitetini bitirgan (1936). ToshDUda, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi matematika institutida (1943 — 60), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumida (1960 yildan) ishlagan. Ilmiy ishlari differentsial, va integral tenglamalar, variasion hisob, maydonlar nazariyasi, analitik mexanika, kvant mexanika, elastiklik nazariyasi va boshqa sohalarga doir. Ayniqsa, uning rangi Noldan katta bo’lgan kanonik tenglamalar sohasidagi kashfiyoti aloxida diqqatga sazovor.