Veston normal elementi
Veston normal elementi -kuchlanishni aniq o’lchaydigan galvanik element. Uning elektr yurituvchi kuchi 20° da 1,0183 voltga teng. Elektrokimyoda turli sistemalarning elektr yurituvchi kuchlarini tenglashtirish usuli bilan o’lchashda ishlatiladi. Elementning manfiy elektrodi kadmiy (kadmiy havoda oksidlanadi, shuning uchun 10% kadmiy bilan 90% simob qotishmasi ishlatiladi), musbat elektrodi simob (N)-sulfat bilan qoplangan simob, elektroliti esa kadmiy sulfatning to’yingan eritmasi va kristallaridan iborat. Veston normal elementining elektr yurituvchi kuchi simob kationlarining qotishmadagi kadmiyning oksidlanishidan hosil bo’ladi.