Plita

Plita (geologiyada) — yer po’stining platformalar doirasidagi qismi; unda burmalangan asos nisbatan cho’kkan va uning ustini gorizontal yotgan yoki bir oz burmalangan cho’kindi jinslarning qalin qatlami (1-16 kilometr) qoplagan bo’ladi. “Plita” terminini Avstriyalik olim E. Zyuss taklif kilgan. Plita platformalarning ko’tarilgan strukturasi — qalqonning aksidir.