Podshoh, podsho, shoh

Podshoh, podsho, shoh (qadimgi forscha, pati — hukmdor va shoh) — 1) yaqin va O’rta Sharqdagi ba’zi mamlakatlar hukmdorlari. Dastlab Sosoniylar davlatida qo’llanila boshlagan. 2) Rossiya hukmdorlarining samoderjaviye ag’darilgunga qadar o’zbeklar orasidagi nomi (boshqa nomlari — chor, oq Podshoh).