ARISTOKRATIYA

ARISTOKRATIYA (Yunoncha aristokratia — yaxshilar hukmronligi) — 1) iqtisodiy hukmron sinf, zodagonlarning siyosiy hokimiyati, hukmronligi. Aristokratiya birinchi marta antik davrning mashhur mutafakkirlari — Aristotel, Platon tomonidan quldorlik davlat tuzumini idora etish vositasi sifatida ishlab chiqilgan; 2) quldorlik va undan keyingi ilk davlatlarda eng imtiyozli tabaqa.