Pomirdaryo

Pomirdaryo — tog’li Badaxshon Muxtor viloyati bilan Afg’oniston chegarasidagi daryo. 4126 metr balandlikda joylashgan Zo’rko’l ko’lidan boshlanadi va Langar qishlog’idan quyiroqda Vahondaryo bilan qo’shilib, Panj daryosi (Amudaryo havzasi) nomini oladi. Yulmozor irmog’ining quyilish joyiga qadar keng vodiyda sekin oqadi, keyin esa nishabi kattalashib, tor vodiyda tez oqadigan tog’ daryosiga aylanadi. Uzunligi 100 kilometrdan ziyod.