Pryanishnikov Dmitriy Nikolayevich

Pryanishnikov Dmitriy Nikolayevich [1865.25.10(6.11), Kyaxta shahri -1948.30.4, Moskva] — rus agrokimyo maktabi asoschisi. SSSR Fanlar Akademiyasi akademik (1929), Vasxnil akademik (1935), mehnat qahramoni (1945). Pryanishnikovning ilmiy ishlari o’simliklarni oziqlantirish va dehqonchilikda o’g’itlardan foydalanish, agrokimyo, qishloq xo’jaligini kimyolashtirish masalalariga bag’ishlangan. Olimning “Agrokimyo” (1940) asari dehqonchilikda o’g’itlarni qo’llashning ilmiy asosi hisoblanadi.