Psammitlar

Psammitlar (Yunoncha psammites — qumli, psammos — qum) — qumli jinslar. Psammitlar tarkibida 50%, ba’zan undan ko’proq 0,05 — 1 millimetr o’lchamli mineral zarrachalar va chaqiq tog’ jinslari bo’ladi. Yumshoq (uvalangan) Psammitlar — qum va jipslashgan (tsementlashgan)lari — qumtoshlar deb yuritiladi. Psammitlar monomi-neralli (asosan, kvarsli), oligomiktli (kvars-dala shpatli va boshqalar) va poli-mineralli (arkoz va grauvak) jinslarga ajratiladi. Ular, asosan, tog’jinslari yemirilib, chaqiq bo’laklari ko’chirilib joylashganda hosil bo’ladi. Ba’zi Psammitlarning o’zi foydali qazilma (noruda qurilish materiallari) yoki neft hamda gaz uyumlari o’zida saqlaydi, kam hollarda olmos, oltin, platina va boshqa sochma konlar hosil qiladi.