Mamadaliyeva Saodatxon Rasulovna
Mamadaliyeva Saodatxon Rasulovna (1954.19.4, Buvayda tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Qo’qon pedagogika institutining o’zbek tili va adabiyoti fakultetini tutatgan (1977). 1973 yildan Buvayda tumanidagi 5-maktabda bolalar yetakchisi, 1977 yildan ona tili va adabiyot o’qituvchisi. Mamadaliyeva darsni ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida o’tadi. Uning tashabbusi bilan maktabda texnika vositalari bilan to’liq jihozlangan fan xonasi tashkil etilgan.
O‘xshash so‘zlar
- MAMADALIYEV ISLOMJON HAYDAROVICH
- Mamadiyorova Barchinoy
- Mamadqulizoda Jalil
- Mamajo’rg’oti gaz koni
- Mamajonov Komiljon
- Mamajonov Salohiddin
- Mamanov Norqul Ziyotovich
- Mamarasulov Sayd











