Rastrelli Varfolomey

Rastrelli Varfolomey [Bartolomeo Franchesko; 1700, Parij (?) — 1771, Peterburg] — rus arxitektori, barokko uslubi vakili. Millati italyan. Peterburgga 1716 yil otasi — xaykaltarosh B. Rastrelli bilan kelgan. 1730-63 yillar saroy arxitektori bulgan. Uning asosiy ishlari: Rundal (1736-40) va Mitav (1738-40)dagi biron saroylari, hozirgi Pushkin shahridagi qayta qurilgan katta Yekaterina saroyi (1752-57), Petrodvores (1747-52), qishki saroy (1754-62) va boshqalar. Kiyevda Rastrelli loyihasi asosida Andreyev cherkovi (1749-53) va Marinsk saroyi (1750-53) qurilgan. Ad: Kozmyan G.K., F.B. Rastrelli, L., 1976.